logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Nimadir noto'g'ri ishlamoqda»: Figu «Real»ning sovrinsiz qolganini tanqid qildi

 20 APREL, 2026, 09:48

Madridning «Real» klubi sobiq yulduzi Luish Figu jamoa joriy mavsumni allaqachon boy berib bo'ldi deb hisoblaydi. «Qaymoqranglilar» Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi, Ispaniya Kubogining 1/8 finalida esa kutilmaganda «Albasete»ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etishdi.

La Liga chempionligi uchun kurashish ham ancha mushkul vazifa bo'lib turibdi, chunki mavsum yakunlanishiga etti tur qolganda «Barselona» bilan oradagi farq to'qqiz ochkoni tashkil qilmoqda.

"Tan olish kerak, bu "Real" uchun muvaffaqiyatsiz mavsum. Bunday klubda agar jamoa g'alaba qozonmasa, har qanday mavsum omadsiz hisoblanadi. Sovrinlarning yo'qligi — "Real"da nimadir ishlamayotganidan dalolat", — deya Figuning so'zlarini keltirmoqda Madrid Zone.

Seshanba kuni Alvaro Arbeloa shogirdlari chempionat doirasida «Alaves»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ