logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" Vinisius bilan nima qilishni hal qildi

 20 APREL, 2026, 09:36

Madridning «Real» klubi braziliyalik yulduzli hujumchi Vinisius Junior bilan xayrlashish niyatida emas, deb xabar bermoqda AS jurnalistlari. Manbaning ma'lum qilishicha, «qirollik klubi» rahbariyati hujumchi bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qilgan.

«Qaymoqranglilar» Vinisius bilan yangi mehnat shartnomasini JCh-2026 boshlanishidan avval imzolashni rejalashtirmoqda. Eslatib o'tamiz, Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Juniorning madridlik superklub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarida yakuniga etadi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli braziliyalik futbolchi 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vinisius o'z hisobiga 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ