logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar «Santos» ishqibozlarining hushtaklariga munosabat bildirdi

 20 APREL, 2026, 09:12

«Santos» muxlislari Braziliya chempionati doirasida «Fluminense»ga qarshi kechgan o'yinda Neymarning ko'rsatgan o'yinidan norozi bo'lishdi. «Oq-qoralar»ning o'z maydonida o'tgan uchrashuvi 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlandi.

Yulduz hujumchi bahsni asosiy tarkibda boshladi va o'yin oxirigacha maydonda harakat qildi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi. The Touchline nashri xabariga ko'ra, uchrashuv yakunlangach, mahalliy muxlislar Neymarni hushtaklar bilan kuzatib qo'yishdi. 34 yoshli futbolchi maydonni tark etayotib, namoyishkorona tarzda quloqlarini yopib oldi.

Ayni damda «Santos» Braziliya A Seriya turnir jadvalida 12 turdan so'ng 13 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi. Neymar liganing oltita o'yinida o'z hisobiga uchta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ