logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bashakshehir" 3-o'rindagi jamoa maydonida durang qayd etdi. SHomurodov 75 daqiqa o'ynadi, Fayzullaev esa zaxiradan tushdi

 20 APREL, 2026, 08:16

Turkiya Superligasi 33-tur doirasidagi "Trabzonspor" - "Istanbul Bashakshehir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 75-daqiqada zaxiraga olindi, yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev esa jarohatdan so'ng safga qaytdi. Xavbek 81-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va 87-daqiqada sariq kartochka oldi. Hamyurtimiz keyingi o'yinni sariq kartochkalar yig'ilib qolgani sabab o'tkazib yuboradi.

O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Felipe Augusto 73-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi, zaxiradan maydonga tushgan Devi Zelke esa 90+3 daqiqada to'p kiritib, jamoasiga bir ochko olib berdi.

“Istanbul Bashakshehir” Turkiya Superligasida 30 turdan so'ng 48 ochko bilan beshinchi, “Trabzonspor” esa 65 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ