logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Silva: «Ikki hafta oldin bunday natijaga ishonish qiyin edi»

 19 APREL, 2026, 23:30

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva «Arsenal» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Bu juda muhim g'alaba, chunki endi qoldirilgan o'yinda g'alaba qozonsak, ochkolar bo'yicha «Arsenal»ga etib olishimiz mumkin. Ikki hafta oldin bunday stsenariyning amalga oshishi amrimaholdek tuyulgandi. Endi ular bilan bir xil darajaga kelib olishimiz mumkinligidan xursandman.

Yo'l qo'ygan xatoimizgacha juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan edik. Ikkinchi bo'lim og'ir kechdi. Biz o'yinni nazorat qildik, lekin shu bilan birga «Arsenal» juda xavfli ekanligi doim sezilib turdi. Ularda bir nechta qulay vaziyatlar bo'ldi. Bunday uchrashuvlarda hamma narsani kichik detallar hal qiladi. Umuman olganda, yaxshi o'yin o'tkazdik. Men jamoam bilan faxrlanaman», — dedi Silva Sky Sports nashriga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ