logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

OChL-2: "An-Nasr" safarda yirik g'alabaga erishdi

 19 APREL, 2026, 21:42

Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vasl» klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasini qabul qildi, deb xabar bermoqda O'zA muxbiri.

Mazkur bahsda mehmonlar 0:4 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, yarim final yo'llanmasini naqd qildilar.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Navaf Al-Bushalning uzatmasidan so'ng Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo'lsa, 24-daqiqada Joau Feliksning pasidan keyin Inigo Martines oradagi farqni oshirdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Abdulila Al-Amri yana bir bor mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi. Bu vaziyatda ham Feliks golli uzatmaga mualliflik qildi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Sadio Mane yakuniy hisobni belgiladi.

E'tiborli jihati, ushbu gol Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi 969-gol sifatida qayd etildi.

OChL-2. Chorak final (ilk bahs) «Al-Vasl» – «An-Nasr» – 0:4

Gollar: Ronaldu (11), Martines (24), Al-Amri (26), Mane (80).

«Al-Vasl»: Ali, Ugo, Vareta, Adrielson, Maleyru, Sidibe, Ganaer, Serjino, Palasios, Ximenes, Borxa.

«An-Nasr»: Bento, Simakan, Al-Amri, Al-Bushal, Martines, Mane, Brozovich, Gabriel, Koman, Feliks, Ronaldu.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ