logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniya terma jamoasi murabbiyi yosh yarim himoyachini JCh-2026'ga chaqirishga tayyor

 19 APREL, 2026, 18:18

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona"ning 21 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Gavini shu yozda bo'lib o'tadigan JCh-2026 uchun milliy jamoa qaydnomasiga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani ma'lum bo'ldi.

Xabar qilinishicha, murabbiy futbolchining og'ir jarohatidan keyin ham shunday qadam tashlashga tayyor, ammo buning uchun yosh ispaniyalik mavsum yakuniga qadar kataloniyaliklar tarkibida maydonda tez-tez ko'rinish berishi shart bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum boshida Gavi og'ir jarohat olib, uzoq muddatni o'tkazib yuborgan edi. Futbolchi yaqindagina jarohatidan tiklandi va yana o'yinlarga qaytdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ