logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Adams "Siti" haqida: "Arsenal" yutqazsa ham muhim emas, bu shunchaki bir o'yin"

 19 APREL, 2026, 16:48

"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Toni Adams "Manchester Siti"ga qarshi bahsni APLdagi chempionlik poygasi uchun hal qiluvchi o'yin deb hisoblamaydi.

Jamoalar bugun Premer-liganing 33-turida o'zaro to'qnash kelishadi. "Kanonirlar" 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "shaharliklar" hisobida 64 ochko bor va ularda bitta zaxira o'yini mavjud.

"Agar "Arsenal" g'alaba qozonsa, bu juda yaxshi bo'ladi, lekin mag'lubiyatga uchrasa ham buning ahamiyati yo'q. Bu chiziqni albatta bosib o'tish shart emas.

1989 yildagi tajribamdan kelib chiqib aytsam, bu juda qiyin. Siz xuddi: "Mana shu o'yin. Undagi g'alaba chempionlikni ta'minlaydi", deb o'ylaysiz, lekin keyin derbida yutqazasiz yoki "Uimbldon" bilan durang o'ynaysiz, shuning uchun hech qachon oldindan aytib bo'lmaydi.

Yakunda bu shunchaki navbatdagi o'yin", — dedi Adams.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ