logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kaysedo "Chelsi" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun "Real" taklifini rad etdi

 19 APREL, 2026, 15:54

"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "ko'klar" bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish maqsadida Madridning "Real" klubi va boshqa jamoalarning taklifini rad etdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

17 aprel kuni "Chelsi" ekvadorlik futbolchi bilan mehnat shartnomasini 2033 yilgacha uzaytirganini e'lon qilgan edi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Kaysedoga shuningdek "PSJ" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirgan. 24 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomaga ko'ra maoshi haftasiga 200 ming funtni (230 ming evro) tashkil etadi.

Kaysedo 2023 yilning yozida "Brayton"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. O'tgan davr mobaynida ekvadorlik futbolchi barcha turnirlarda 141 ta o'yinda ishtirok etib, sakkizta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 110 million evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ