logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" "Sporting"ning uch nafar futbolchisini nishonga oldi

 19 APREL, 2026, 15:18

"Arsenal" "Sporting"ning uch nafar o'yinchisi himoyachilar Usman Diomande va Ivan Fresneda, shuningdek, yarim himoyachi Morten Yulmannga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, London klubi vakillari Lissabon jamoasidagi hamkasblari bilan suhbat o'tkazishgan. Ta'kidlanishicha, "Arsenal" va "Sporting" o'rtasidagi bunday muloqot yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar o'tish uchun asosiy nomzodlar ekanini anglatmaydi.

Katta ehtimol bilan, klublar o'zaro munosabatlarni yo'lga qo'ymoqchi. Agar taklif tushsa, Diomande, Fresneda va Yulmann "Arsenal" kabi jamoaga o'tish istagini bildirishlari istisno etilmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ