logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» «shveytsariyalik Pogba»ni o'z kuzatuviga oldi

 19 APREL, 2026, 13:54

Madridning «Real» klubi «Frayburg» va Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoxan Manzambiga qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» 20 yoshli futbolchini bo'lajak transfer oynalarida kuzatib boriladigan o'yinchilar ro'yxatiga qo'shishdi. Bu haqda TuttoJuve nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, ko'pchilik Manzambini jismoniy holati, maydonning istalgan nuqtasida harakat qila olishi va hujumkor salohiyati tufayli jahon chempioni Pol Pogbaga qiyoslamoqda.

Joriy mavsumda Manzambi barcha turnirlarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ