Kyokchyu «Manchester Yunayted» yoki «Tottenxem»ga o'tishi mumkin
19 APREL, 2026, 13:36
Istanbulning «Beshiktosh» klubiga tegishli bo'lgan turkiyalik yarim himoyachi Orkan Kyokchyuga Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Bu haqda Turkish Football jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli xavbekni o'z safiga qo'shib olishga Londonning «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» klublari da'vogarlik qilmoqda. Futbolchining o'zi faqat Evropaning top-klubidan taklif tushsagina hozirgi jamoasini tark etishga tayyor. «Beshiktash» rahbariyati esa Kyokchyuni 60 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Orkan 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
