logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Dzerbi: «Men mahzun va tushkun insonlar bilan ishlashni istamayman»

 19 APREL, 2026, 13:06

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Brayton»ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoaning Premer-ligada jon saqlab qolish uchun olib borayotgan kurashiga to'xtaldi. Angliya chempionatining navbatdagi turidan o'rin olgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsdan so'ng jamoa turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

«Juda og'ir payt. Biroq mana shunday muxlislari bor klubda ishlayotganimizdan baxtiyormiz, chunki bugun maydonda aql bovar qilmas muhit hukm surdi. Tashqaridan qaraganda, biz jon saqlab qolish uchun emas, balki Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashayotgandek taassurot uyg'onishi mumkin edi», — deya murabbiyning so'zlarini Sky Sports keltirmoqda.

«Biz ko'p narsani yaxshilashimiz kerak. Men mahzun insonlar bilan ishlashni istamayman. Ular menga ishonishlari kerak. Agar men shu erda ekanman, demak, faqat ijobiy kayfiyatdaman va keyingi mavsumda ham APLda qolishga qat'iy qaror qilganman», — deya qo'shimcha qildi mutaxassis.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ