Rustam Lutfullin Krishtianu Ronaldu jamoasi ishtirokidagi o'yinda hakamlik qiladi
19 APREL, 2026, 10:48
Osiyo CHempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichidan o'rin olgan “Al Vasl” (BAA) - “Al Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.Ushbu bahsda o'zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar sifatida Akmal G'iyosov va Sanjar SHoyusupov ishlaydi. VAR hakami — Ahrol Risqullaev.
Eslatib o'tamiz, O'zFHM Lutfullinni "Qo'qon-1912" va "Nasaf" uchrashuvida qo'pol xatoga yo'l qo'yganini elon qilgandi.

Manba: olamsport.com
