Alisher Yusupov Osiyo chempioni, yana 4 dzyudochimizda bronza
19 APREL, 2026, 10:00
Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo chempionatining yakkalik bellashuvlari yakuniga etdi. Kechagi bellashuvlarda sportchilarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Oltin medal:
+100 kg: Alisher Yusupov
Bronza medal:
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Umida Nigmatova
Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamg'arishdi. Dasturga ko'ra, ertaga aralash jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
