logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jahongir Ortiqxo'jaev «Dinamo»ning «Paxtakor»ga qarshi o'yinini e'tirof etdi

 19 APREL, 2026, 08:36

«Paxtakor» - «Dinamo» (4:2) uchrashuvidan keyin Toshkent klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev Samarqand klubi kiyinish xonasiga kelib, chiroyli va mardonavor futbol uchun «Dinamo» jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

«Yaqin orada bugungidek hujumkor, tomoshabop, chiroyli o'yin ko'rmagandim. Superliga aynan mana shunday chiroyli, hujumkor va tomoshabop o'yinlar bilan muxlislarni tortadi. Yigitlar, bu – futbol, mag'lubiyatga qaramay, «Dinamo»ning maydondagi haqiqiy mardonavor o'yini, kurash uchun sizga, murabbiylarga rahmat!

Hali kubok finalida uchrashamizmi? Zo'r o'yin bo'lardi. Mana shunday mardonavor, hujumkor o'yin uchun sizlarga yana bir marta rahmat!» - dedi «Paxtakor» klubi raisi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ