«Atletiko» 5 yildan beri titul yuta olmayapti
19 APREL, 2026, 08:30
«Real Sosedad» Ispaniya Kubogi finalida «Atletiko»ni mag'lub etdi (2:2, penaltilar seriyasida — 4:3).
Diego Simeone shogirdlari 2021 yildan beri sovrin yuta olmayapti. O'shanda «matraschilar» Ispaniya chempioni bo'lishgan edi.
Ushbu mavsumda «Atletiko» La Ligada 57 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda va Chempionlar ligasining yarim finaliga yo'l oldi. U erda madridliklar «Arsenal» bilan kuch sinashadilar.
