logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Kamavinganing chetlatilishi sabab UEFA bilan ziddiyatga bormoqchi emas

 19 APREL, 2026, 08:18

«Real Madrid» Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan (3:4) so'ng UEFA bilan munosabatlarni keskinlashtirish niyatida emas.

O'yinning 86-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga raqib maydonida Xarri Keynga nisbatan fol ishlatdi va hushtakdan so'ng to'pni raqibga bermadi. Ushbu harakati uchun uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchich unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatdi.

Marca nashrining yozishicha, Madrid klubi frantsuz futbolchisining chetlatilishini hal qiluvchi pallada hakam tomonidan yo'l qo'yilgan alohida xato deb hisoblaydi. Klub UEFA bilan aloqalarni yomonlashtirmoqchi emas.

20 aprel kuni «Real» va «Bryugge» jamoalari o'rtasida UEFA Yoshlar ligasi finali bo'lib o'tadi. Ta'kidlanishicha, ushbu o'yinda Madrid klubi delegatsiyasi vakillari va UEFA prezidenti Aleksander Cheferin uchrashishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ