logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» oxirgi 7 o'yinda 6 bor yutqazdi

 19 APREL, 2026, 08:06

«Chelsi» so'nggi 7 ta o'yinning 6 tasida mag'lubiyatga uchradi.

Kecha Liem Rosenor shogirdlari APLning 33-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. So'nggi ettita bahsda londonliklar faqat bir marta g'alaba qozonishdi — Angliya Kubogi 1/4 finalida «Port Veyl» taslim etildi (7:0).

Shuningdek, ushbu davr mobaynida «ko'klar» 6 ta mag'lubiyat qayd etib, raqiblar darvozasiga 2 ta to'p kiritishgan va o'z darvozalaridan 16 ta to'p olib chiqishgan.

21 aprel kuni «Chelsi» Angliya chempionatining 34-turi doirasida «Brayton» bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ