logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. Rimda jangovar durang: «Roma» va «Atalanta» ochkolarni bo'lishib olishdi (Videosharh)

 19 APREL, 2026, 08:00

«Roma» Italiya chempionatining 33-turi doirasidagi o'z maydonida kechgan bahsda «Atalanta» bilan durang o'ynadi — 1:1.

Bergamoliklar safida 12-daqiqada Nikola Krstovich hisobni ochdi. Rimliklar birinchi bo'lim yakunida, 45-daqiqada Mario Ermosoning goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.

Ushbu natijadan so'ng «Roma» 58 ochko jamg'argan holda A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. «Atalanta» esa 54 ochko bilan ettinchi pog'onadan joy olgan.

«ROMA» — «ATALANTA» — 1:1

Gollar: Nikola Krstovich 12 (0:1), Mario Ermoso 45 (1:1).

«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso, Manchini (Gilardi, 60), Kristante, El-Aynaui (Pizilli, 60), Rench (Tsimikas, 78), Zeki Chelik, Soule (Vaz, 71), El-Shaaravi (Venturino, 60), Doniell Malen.

«Atalanta»: Karnesekki, Djimsiti, Kolashinats (Kossunu, 46), Skalvini (Axanor, 46), Ederson (Pashalich, 80), de Ron, Dzappakosta, Bellanova (Bernaskoni, 54), De Ketelare (Nikola Zalevski, 46), Jakomo Raspadori, Nikola Krstovich.

Ogohlantirishlar: Pizilli (75) — Ederson (65), Djimsiti (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ