«Real Sosedad» Ispaniya Kubogida «Atletiko»ni taslim etib, tarixiy natijasini yangiladi
19 APREL, 2026, 07:54
«Real Sosedad» to'rtinchi bor Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi.
Pellegrino Mataratstso shogirdlari finalda «Atletiko»ni mag'lub etib (2:2, penaltilar seriyasida 4:3), bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Bungacha San-Sebastyan klubi ushbu turnirda 1909, 1987 va 2020 yillarda zafar quchgan edi.
Shuningdek, «Real Sosedad» 1981 va 1982 yillarda Ispaniya chempioni bo'lgan, 1982 yilda esa mamlakat Superkubogida g'olib chiqqan.
