logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real Sosedad» — Ispaniya Kubogi sohibi! Sevilyadagi finalda «Atletiko» penaltilar seriyasida taslim etildi (Videosharh)

 19 APREL, 2026, 07:34

«Real Sosedad» Ispaniya Kubogi finalida «Atletiko Madrid»ni mag'lub etdi — 2:2 (penaltilar seriyasida 4:3). Uchrashuv Sevilya shahrida bo'lib o'tdi.

Asosiy vaqtda «Atletiko» safida Ademola Lukman va Xulian Alvares gol urgan bo'lsa, «Real Sosedad» tarkibida Ander Barrenechea va Mikel Oyyarsabal o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Penaltilar seriyasida madridliklar ikkita imkoniyatdan foydalana olishmadi — hujumchilar Aleksandr Syorlot va Xulian Alvaresning zarbalari besamar ketdi. «Real Sosedad»da esa faqat Orri Oskarsson xatoga yo'l qo'ydi. Seriyadagi g'alaba to'piga «oq-ko'klar» yarim himoyachisi Pablo Marin mualliflik qildi.

Shu tariqa, «Real Sosedad» o'z tarixida to'rtinchi bor Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi — bungacha jamoa 1909, 1987 va 2020 yillarda ushbu sovringa ega chiqqan edi.

«ATLETIKO» — «REAL SOS'EDAD» — 2:2

(Penaltilar seriyasi — 3:4)

Gollar: Ander Barrenechea 1 (0:1), Ademola Lukman 18 (1:1), Mikel Oyyarsabal 45+1-pen (1:2), Xulian Alvares 83 (2:2).

Penaltilar seriyasi:

Serlot (0:0, darvozabon) — Soler (0:1)

Alvares (0:1, darvozabon) — Oskarsson (0:1, darvozabon)

Gonsales (1:1) — Suchich (1:2)

Almada (2:2) — Ayen Munos (2:3)

Baena (3:3) — Marin (3:4)

«Atletiko»: Musso, Pubil, Le Norman, Rudjeri (Serlot, 62), Molina (Kardozo, 78), Koke, Lorente (Langle, 99), Lukman (Gonsales, 62), Simeone (Baena, 70), Grizmann (Almada, 70), Alvares.

«Real Sosedad»: Marrero, Chaleta-Tsar, Xon Martin, Gomes (Kubo, 88), Aramburu (Elustondo, 113), Turrentes (Gorrotchategi, 68), Soler, Suchich, Gonsalu Gedesh (Ayen Munos, 78), Barrenechea (Marin, 68), Oyyarsabal (Oskarsson, 78).

Ogohlantirishlar: Le Norman (33), Musso (43) — Oyyarsabal (30), Gorrotchategi (120), Elustondo (120).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ