A Seriya. «Latsio» «Napoli»ni mehmonda taslim etdi
18 APREL, 2026, 23:06
«Napoli» Italiya chempionatining 33-turi doirasidagi o'z maydonida kechgan bahsda «Latsio»ga imkoniyatni boy berdi — 0:2.
Mehmonlar safida gollarga Toma Bashich va Matteo Kanseleri mualliflik qilishdi. Kanseleri hisobida, shuningdek, bitta golli uzatma ham bor. Birinchi bo'limda «Latsio» sardori Mattia Dzakkani penaltidan unumli foydalana olmagan edi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Latsio» ochkolari sonini 47 taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. «Napoli» esa 66 ochko bilan ikkinchi pog'onada qoldi.
«NAPOLI» — «LATsIO» — 0:2Gollar: Matteo Kancheleri 6 (0:1), Toma Bashich 57 (0:2).
Amalga oshirilmagan penalti: Mattia Dzakkani 31 (darvozabon).
«Napoli»: Milinkovich-Savich, Buondjorno, Olivera, Bekema, Lobotka (Guterres, 63), Zambo Angissa (Elmas, 46), Spinatstsola (Jovane, 63), Politano (Matstsokki, 72), Skott Maktominay, Kevin De Breyne (Santos, 46), Rasmus Xeylunn.
«Latsio»: Motta, Romanoli, Mario Xila (Gabarron, 61), Nunu Tavaresh, Latstsari (Xyusay, 82), Kataldi (Provstgor, 61), Teylor, Bashich (Dele-Bashiru, 71), Dzakkani (Bulaye Dia, 61), Kancheleri, Tijani Noslin.
Ogohlantirishlar: Lobotka (29) — Kataldi (33), Teylor (60), Dia (90).
