logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" Xulian Alvares bo'yicha qaror qabul qildi: "Barselona" bilan muzokaralar bo'lmaydi

 18 APREL, 2026, 22:06

Avvalroq OAVda «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares top-klublar e'tiborida turgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Xususan, «Arsenal» va «Barselona» tomonidan qiziqishlar borligi xabar qilingandi.

Mundo Deportivo nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Madrid klubi futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Ta'kidlanishicha, «Atletiko» argentinalik o'yinchining ehtimoliy sotuvi bo'yicha «Barselona» bilan muzokara o'tkazmoqchi emas.

Alvares joriy mavsumda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va sheriklariga 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda, amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ