logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Bornmut» safarda «Nyukasl Yunayted»ni mag'lub etdi

 18 APREL, 2026, 21:36

Angliya Premer-ligasining 33-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Nyukasl Yunayted» o'z maydonida «Bornmut»ni qabul qildi. Bellashuv mezbonlar uchun omadsiz yakunlanib, mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Hisob 32-daqiqada ochildi — Markus Taverner mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Uilyam Osula hisobni tenglashtirdi. Uyin taqdiri esa 85-daqiqada hal bo'ldi: Adrien Tryuffer g'alaba goliga mualliflik qildi.

Ushbu natijadan so'ng «Nyukasl Yunayted» 42 ochko bilan 14-o'rinda qoldi. «Bornmut» esa 48 ochko jamg'arib, 8-pog'onaga ko'tarildi.

Kelasi turda «Nyukasl» 25 aprel kuni safarda «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. «Bornmut» esa 22 aprel kuni o'z maydonida «Lids Yunayted»ni qabul qiladi.

Angliya — Premer-liga, 33-tur
18 aprel 2026 yil. Nyukasl-apon-Tayn, «Sent-Jeyms Park»
Nyukasl Yunayted — Bornmut 1:2
Gollar: 0:1 — Markus Taverner (32), 1:1 — Uilyam Osula (68), 1:2 — Adrien Tryuffer (85)
Bosh hakam: Tomas Bramell

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ