logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga. «Mash'al»da ketma-ket sakkizinchi mag'lubiyat

 18 APREL, 2026, 21:30

O'zbekiston Superligasining 8-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga etdi. Muborakning “Mash'al” jamoasi o'z maydonida Urganchning “Xorazm” klubini qabul qildi. O'yin mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan tugadi.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. O'yin taqdirini esa 84-daqiqadagi vaziyat hal qildi. “Mash'al” himoyachisi Vlatko Stoyanovski o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi (avtogol). Mazkur xato muborakliklarga qimmatga tushdi va uchrashuv yakuniga qadar mezbonlar muvozanatni tiklay olishmadi.

Mazkur natijadan keyin “Mash'al” 0 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. 12 ochkosi bor “Xorazm” esa 7-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Superligasi, 8-tur
“Mash'al” — “Xorazm” 0:1
Gol: 0:1 — Stoyanovski (84, avtogol)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ