logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Real” EChLdagi mag'lubiyatida UEFAning “qo'li” borligidan shubhalanmoqda

 18 APREL, 2026, 19:42

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvida “Bavariya”dan uchralgan mag'lubiyat (3:4) va hakamlik qarorlari ortida UEFA turgan bo'lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Uchrashuvning 86-daqiqasida madridliklar futbolchisi Eduardo Kamavinga zaxiradan maydonga tushganidan 25 daqiqa o'tib, ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatildi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'yindan so'ng hakamning bu qarorini keskin tanqid qildi:

“Hakam Kamavingaga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmasligi kerak edi. Nazarimda, referi hattoki futbolchida birinchi kartochka borligini ham bilmaydigandek tuyuldi”, deydi murabbiy.

Klub mutasaddilari hakamlikdagi bunday tushunarsiz qarorlarni UEFAning Superliga loyihasi uchun Madrid klubidan olayotgan o'ziga xos “qasosi” yoki yashirin bosimi sifatida ko'rmoqda. Shuningdek, jamoa vakillari uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchi va UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o'rtasidagi bog'liqlikka (ikkalasi ham Sloveniya fuqarosi) alohida urg'u bermoqda.

Eslatib o'tamiz, “Real” uzoq vaqt davomida Superliga g'oyasidan voz kechmagan va bu yo'lda UEFA hamda FIFA bilan sudlashib kelgan edi. 2024 yil may oyida Madrid sudi UEFAning bozordagi ustunligini suiiste'mol qilganini tasdiqlagan. 2025 yil oktyabrida esa “Real” UEFA va La Ligadan 4,5 milliard evro miqdorida tovon puli talab qilish huquqini qo'lga kiritgan edi.

Qizig'i shundaki, 2025 yil 11 fevralda “qirollik klubi” UEFA bilan kelishuvga erishganini va Superligadan chiqqan so'nggi jamoa bo'lganini e'lon qilgan edi. Shunga qaramay, EChLdagi so'nggi hakamlik qarorlari klub va tashkilot o'rtasidagi “yarashuv” hali to'liq amalga oshmaganidan dalolat bermoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ