logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Garsiya Carukyan oldidagi qarzi haqida: "To'lamayman!"

 18 APREL, 2026, 15:16

Boks bo'yicha jahon chempioni Rayan Garsiya UFC jangchisi Arman Carukyan bilan birgalikdagi strimda yutqazgan 40 000 dollarni nima uchun to'lamasligini tushuntirdi.

"To'g'risini aytsam, meni laqillatishdi. Uning do'sti professional jangchi ekanligi haqida bir og'iz ham so'z aytilmadi. Bu g'irt yolg'on. SHunday ekan, xohlagan tomoningizni egallashingiz mumkin, lekin men bilan bu o'yinni o'ynay olmaysiz", - deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqda.

Garsiya Armanga qarshi – 100 ming dollar, agar u 8 raundga bardosh bersa, pulni to'g'ridan-to'g'ri strimda beramiz. Jamoangizdagi istalgan odam bilan jang qilishimiz mumkin. Tanasiga zarbalarsiz, shunchaki mushtlashish. Men senga hech narsa to'lamoqchi emasman - kel, shunchaki mushtlashamiz. Agar birortangiz yutsangiz, 100 ming beraman", - deya qo'shimcha qildi Garsiya.

Arman Carukyan bu gaplarga javobni ko'p kuttirmadi.

"8 raund uchun 100 ming dollar, ha-ha. Men bilan MMA bo'yicha bir raund sparring qilsang, senga million dollar beraman", - deb yozdi Carukyan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ