logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» Bernardu Silvani «Barselona» ilib ketishidan xavotirda

 18 APREL, 2026, 14:30

Turinning «Yuventus» klubi «Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva transferini “olib qo'yish” ehtimolidan xavotirda. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, turinliklar portugaliyalik futbolchi bilan muzokaralarda ma'lum darajada ilgarilashga erishgan, ammo kataloniyaliklar tomonidan jiddiy raqobat bo'lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, Bernardu Silva uchun «Barselona» bolaligidanoq “jozibador klub” hisoblangan.

31 yoshli futbolchi «Manchester Siti»ni joriy mavsum yakunlangach tark etishi kutilmoqda va u kelajagi borasida qaror qabul qilish uchun bir necha hafta vaqt olgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bernardu Silva hozirda “shaharliklar” safida yiliga 8–9 million evro maosh oladi. «Yuventus»da esa maosh limiti taxminan 7 million evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ