logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» prezidenti yozda klubni tark etadigan 8 nafar futbolchi ro'yxatini tuzdi — Sport.es

 18 APREL, 2026, 14:24

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsumdan so'ng jamoani jiddiy ravishda yangilashni rejalashtirmoqda. U klubni tark etadigan sakkiz nafar futbolchi ro'yxatini tuzgan. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ushbu ro'yxatda birinchi o'rinda Eduardu Kamavinga turibdi — u o'tgan yozdayoq jamoani tark etish istagini bildirgan edi. Shuningdek, himoyachilar Fran Garsiya va Raul Asensio, hamda yarim himoyachi Dani Sebalos ham klubni tark etishi kutilmoqda.

«Real Madrid» rahbariyati himoyachilar David Alaba va Dani Karvaxal bilan yozda tugaydigan shartnomalarni uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Bundan tashqari, hujumchilar Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiya ijaraga berilishi mumkin.

Shu bilan birga, Vinisius Junior yoki Djud Bellingemdan biri sotilishi ehtimoli ham istisno etilmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ