logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Palmer «Manchester Yunayted»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

 18 APREL, 2026, 12:36

«Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer o'zini «Manchester Yunayted» bilan bog'layotgan mish-mishlarga nisbatan izoh berdi.

«Bunday xabarlarni ko'rganimda shunchaki kulaman. Albatta, Manchester — mening uyim. U erda butun oilam yashaydi, lekin men u erni sog'inayotganim yo'q. Agar har uch oyda u erga borib turmaganimda, balki sog'ingan bo'lardim. Mening «Chelsi»dan ketish rejam yo'q. Oldimizda hali maqsadlar ko'p. Bizni Angliya Kubogi yarim finali kutmoqda, agar Chempionlar ligasi hududida finish qilsak, yaxshi futbolchilarni sotib olishimiz mumkin bo'ladi. Biz klub egalari bilan gaplashdik va ular futbolchilarimizga ishonishadi», — deya Palmerning so'zlarini keltiradi The Guardian.

Shanba kuni, 18 aprel kuni «Chelsi» o'z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ