logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rabo «Milan»da qolish uchun millionlardan voz kechdi

 18 APREL, 2026, 12:24

«Milan» yarim himoyachisi Adrien Rabo boshqa bir klubdan o'ta foydali taklif oldi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni chempionatining nomi oshkor etilmagan vakili frantsuz futbolchisini katta maoshli uch yillik shartnoma bilan o'z tomoniga og'dirishga harakat qilgan.

Manbaning ta'kidlashicha, xavbek allaqachon rad javobini bergan — u «rossonerilar» safidagi faoliyatini davom ettirmoqchi. Adrien Raboning «Milan» bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda 31 yoshli o'yinchi Massimiliano Allegri jamoasi safida barcha turnirlarda 26 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga beshta gol va shuncha golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ