logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Zuffa Boxing bitta jang uchun 15 mln taklif qilgan bokschi bilan shartnomani uzaytirdi

 18 APREL, 2026, 12:16

Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasi o'z safini mashhur bokschilar hisobiga kuchaytirishga etibor qaratmoqda.

Bu safar Dana britaniyalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Konor Benn bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv o'z ichiga beshta jangni oladi. Ikki oy oldin Benn Eddi Xirnning Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasini janjal bilan tark etib, Zuffa Boxing bilan 15 million dollarlik shartnoma imzolagan edi. O'shanda bu kelishuv bitta jangga mo'ljallangan edi. 

Bir necha hafta oldin Xirn shunday degandi: "Miyangizni ishga soling. - Kimdir rostdan ham Rejis Progreys bilan bitta jangdan tashqari boshqa kelishuvlar bo'lmagan deb o'ylayaptimi? Konor hech qanday majburiyatsiz 10 raundlik jang uchun 15 million dollar oladi. Uyg'oninglar, jin ursin".

Hozirda yarim o'rta vazn toifasi WBC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Ben ushbu vaznda WBC chempioni Rayan Garsiya bilan jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ