logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» va «MYu» bir futbolchi uchun kurash olib boradi

 18 APREL, 2026, 11:42

talkSPORT nashriga ma'lum bo'lishicha, «Liverpul» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildirayotgan navbatdagi klubga aylandi. Uorton mavsum yakunlanganidan keyin «Kristal Pelas»ni tark etishi kutilmoqda.

London klubi o'z futbolchisi uchun kamida 80 million funt sterling talab qilmoqda. «Liverpul» yarim himoya chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda, chunki Kertis Jons jamoani tark etishi mumkin. Shu yilning yanvar oyida Jonsning Milanning «Inter» klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi va A Seriya peshqadami kelayotgan yozda bu qiziqishni yana qayta tiklashi mumkin.

Biroq «Liverpul» uchun Uortonni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, chunki avvalroq ushbu xavbekka «Manchester Yunayted» ham da'vogarlik qilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ