logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tchuameni «Real» Madriddagi «tirik qolish» qoidalari haqida gapirdi

 18 APREL, 2026, 11:18

Yarim himoyachi Orelen Tchuameni Madridning «Real» klubida o'ynashning o'ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi. Frantsuz futbolchisi 2022 yilning yozida «Monako»dan 80 million evro evaziga «qaymoqranglilar» safiga kelib qo'shilgan edi.

«Bir-ikki yil oldin meni yomon o'yinchi deb hisoblashardi, stadionda hushtaklar bilan kutib olishardi. Men qiyinchiliklarni boshdan kechirdim, lekin bu meni ruhiy jihatdan ancha kuchaytirgani aniq. Nima qilsam ham, baribir men haqimda gapirishlarini tushunib etdim, shuning uchun bunga e'tibor bermaslikka harakat qilaman. «Real»da bosim darajasi juda yuqori. Sen yo bu bosim ostida sinasan, yoki hammasini o'z nazoratingga olib, yaxshi o'yin bilan javob qaytarasan», — deya Madrid Zone Tchuamenining so'zlarini keltiradi.

26 yoshli xavbek yaqinda bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini diskvalifikatsiya sababli o'tkazib yuborgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ