logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Lans» Frantsiya chempionatida bir o'yindagi zarbalar soni bo'yicha rekord o'rnatdi

 18 APREL, 2026, 09:30

Frantsiya chempionatining 30-turidan o'rin olgan «Tuluza»ga qarshi o'yinda (3:2) «Lans» raqib darvozasi tomon jami 42 ta zarba (shundan 13 tasi darvoza sohasiga) yo'lladi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, bu 2006/07 yilgi mavsumdan, ya'ni statistika portali ma'lumot to'plashni boshlagandan beri turnir rekordi hisoblanadi.

Shuningdek, «qon-oltin ranglilar» 2007 yilning 4 noyabridan buyon ilk bor 0:2 hisobida ortda qola turib, irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. O'shanda «Lans» «Sent-Eten» ustidan 3:2 hisobida zafar quchgan edi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Lans» 62 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida peshqadam «PSJ» bilan farqni bitta ochkogacha qisqartirdi. Biroq Parij klubining zaxirasida yana ikkita o'yin mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ