Neymar «Tsintsinnati»ga o'tishi haqidagi xabarlarni inkor etdi
18 APREL, 2026, 09:24
«Santos» hujumchisi Neymar MLSning «Tsintsinnati» klubi tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
«To'g'risini aytsam, bu haqda hech narsa bilmayman», — deya 34 yoshli braziliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN.
Neymarning so'zlariga ko'ra, u 2026 yilning oxirigacha amal qiladigan amaldagi shartnomasini oxirigacha etkazib qo'yish niyatida.
Joriy mavsumda Neymar 8 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o'tamiz, u avvalroq «PSJ», «Barselona» va «Al-Hilol» jamoalarida to'p surgan.
