«Endrik effekti»: «Lion» Braziliyadagi auditoriya bo'yicha «PSJ»ni ortda qoldirdi
18 APREL, 2026, 09:12
Hujumchi Endrikning Madridning «Real» klubidan ijara asosida o'tishi ortidan Braziliyada «Lion»ning mashhurligi keskin oshdi.
L'Equipe nashrining xabar berishicha, 19 yoshli braziliyalik futbolchi jamoaga kelganidan beri CazéTV telekanalida «Lion» ishtirokidagi o'yinlar auditoriyasi o'n barobarga ko'paygan va hatto «PSJ» ko'rsatkichlaridan ham o'zib ketgan. O'rtacha hisobda «to'quvchilar»ning (klub laqabi) o'yinlarini Braziliyada 2,3 milliondan ortiq tomoshabin kuzatmoqda.
Endrik 1 yanvar kuni «Lion» a'zosiga aylangan edi. Frantsiya chempionatidagi 11 ta o'yinda u 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
