logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloani mo'jiza qutqarib qolishi mumkin

 18 APREL, 2026, 08:48

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mavsum yakunlanganidan keyin o'z lavozimini saqlab qolishi amrimahol.

Klub rahbariyati Xabi Alonsoning o'rniga tayinlangan murabbiy mavsum oqimini ijobiy tomonga o'zgartira olmadi deb hisoblamoqda. Marca nashrining ma'lumotlariga ko'ra, agar biror «mo''jiza» yuz bermasa, Arbeloa yozda iste'foga chiqariladi. Ko'rinishicha, mutaxassisni ishdan bo'shatishdan faqat La Ligadagi g'alabagina qutqarib qolishi mumkin.

«Qaymoqranglilar» chempionat tugashiga 7 tur qolganda «Barselona»dan 9 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Madridliklar Chempionlar ligasining 1/4 finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi, Ispaniya Kubogining 1/8 finalida esa «Albasete»dan mag'lub bo'lishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ