logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mirko Elichich: «Ko'p holatlarda bunday holatga penalti berilmaydi»

 18 APREL, 2026, 07:30

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Elichich Superliganing 8-turi doirasida bo'lib o'tgan "Navbahor"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

— Istalgan odam bu o'yinni ko'rsa, “ha, ikki gol urib, oson yutdi”, deyishi mumkin. Bu o'yinni tahlil qilish qiyin. Jamoamdan minnatdorman. Ular yaxshi kurashishdi. Bizga shunchaki vaziyatlardan foydalanish etishmayapti. Bu borada ishlashimiz kerak. Bunda hujumchi ham kerak. Lekin o'yin borasida ko'plab ijobiy holatlarni ko'rdim. Faqat natija qoniqarli bo'lmadi.

— “Navbahor” ikki gol urib olgandan keyin e'tiborni himoyaga qaratdi. Tabiiyki, “Lokomotiv” hujumkorlikni oshirdi. Menimcha, bugun jamoa hech bo'lmaganda bir golga loyiq edi. Bu gol uchun nima etishmadi?

— Mashg'ulotda gol ursangiz, bu o'yinda ham bo'ladi degani emas. Menga himoyadagi to'p bilan o'yinimiz ma'qul keldi, ammo to'psiz o'yinimiz yoqmadi. Ikkita xatoga yo'l qo'ydik va bu o'yin taqdirini hal qildi. Bu o'yin boshidayoq sodir bo'lgani afsuslanarli. “Navbahor” futbolchilarida tezlik bor va ular bundan foydalanishadi. Balki bu ba'zan zararga ham ishlashi mumkin. Ular har bir o'yinni shunday boshlashmoqda. O'zimizga kelsak, biz to'pni ushlab turish orqali o'yinni nazorat qilishni istaymiz. Raqib himoyaga yotib olsa, bu bizga qiyinchilik tug'diradi. Bu holatni ham ko'rib chiqish kerak.

— Penalti haqida nima deya olasiz?

— Bu holatni o'sha paytda ko'rmadim, lekin o'yindan keyin ko'rib chiqamiz dedik. Futbolchimiz aytishicha, bu juda kichik vaziyat va ko'p holatlarda bunday holatga penalti berilmaydi. Hakam bu erda 100 foiz aniq qaror chiqaradi, deb o'ylagandim.

— Siz o'z vaqtida Temur Kapadzega murabbiylik qilgansiz. Uni ramziy jamoangizga ham kiritgansiz. Kapadzening futbolchilik va murabbiylik salohiyatini qanday baholaysiz?

— Temur futbolchilik paytidayoq murabbiy edi. O'sha vaqtlarda ham oldimga kelib, ko'p holatlarda men bilan bahslashardi. O'shanda unga: “Murabbiy bo'lsang, bemalol shunday qilaver”, degandim. O'yingacha ham o'ziga yarasha taktikalar qilardi. Uning murabbiylik salohiyatini natijalardan bilish mumkin. Biroq jamoa ichida qanday ishlayotganini bilmayman. Uning jamoalari yomon emas. “Olimpik” yaxshi jamoa edi, terma jamoa ham chiroyli o'yin namoyish qildi. U o'z ishini yaxshi biladi. Temurga keyingi faoliyatiga omad tilayman.

— Islombek Baratov va Muhriddin Zoirovga etarlicha o'yin amaliyoti berilmayapti.

— Zoirovda hali o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat va vaqt etarlicha. Oldimizda ikkita vazifa bor: jamoa yaxshi natijalar qayd etishi kerak, jamoa oldinga qadam tashlashi kerak. Bunda yosh futbolchilarning ham o'rni katta. Biror futbolchi boshqa joyga borib, darhol o'zi istagandek o'yin ko'rsata olmaydi. Chunki oldingi jamoasida boshqacha uslubda o'ynagan. Muhriddin Zoirov haqida o'tgan hafta gapirgandim. Temurxo'ja Abduxoliqov hozir yaxshi holatda va uni nega almashtirishim kerak? Baratov esa bungacha “Mash'al”da o'ynagan. Hozir uslub boshqacha va bu unga qiyinchilik tug'diryapti. Islom — yaxshi futbolchi, uning o'yini menga yoqdi. Shunchaki bizda hozir uning pozitsiyasi uchun boshqa variantlar bor.

— “Bunyodkor” bilan derbidan keyin Abdulloh Yo'ldoshev bilan bo'lgan holat haqida gapirsangiz. Bu jamoaning boshqa futbolchilariga qanday ta'sir qildi?

— Uning kayfiyati juda yaxshi. Murabbiylar shtabi va rahbariyat futbolchi bilan gaplashib oldik. Yosh futbolchilar, ularda bunday qiziqqonlik bo'lib turadi. Shunchaki bu holatga boshqa shaxslar ham aralashib ketgan. Ikki yosh yigit tortishib qolsa, buni tushunish mumkin. Lekin bunga yoshi kattalar aralashsa, buni assotsiatsiya ko'rib chiqishi kerak. Bu aslida chiroyli holat emas. Lekin yoshi kattalarning aralashgani ishni yanada xunuklashtirgan. Bunday bo'lishi kerak emasdi. Ikki futbolchi ham o'ziga yarasha dars olgan. Futbol ham oila kabi — bu erda ham xatolar bo'lib turadi. Muhimi, bu xatodan xulosa chiqarish. Umid qilamanki, u bundan xulosa olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ