logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Modrich «Milan» bilan shartnomani uzaytirish uchun ikkita muhim shart qo'ydi

 17 APREL, 2026, 23:42

Markaziy yarim himoyachi Luka Modrichning «Milan» bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning iyun oyida nihoyasiga etadi. Sky Sport Italia jurnalisti Peppe di Stefano xorvatiyalik futbolchining italyan klubi bilan hamkorlikni davom ettirishga rozi bo'lishi uchun ikkita asosiy shartni ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, 40 yoshli Modrich uchun Chempionlar ligasida ishtirok etish juda muhim — hozirda «Milan» ushbu musobaqa yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Bundan tashqari, yarim himoyachi Massimiliano Allegri qo'l ostida o'ynashni istaydi. Agar mutaxassis klubni tark etsa, rahbariyatda Modrich bilan shartnomani uzaytirish borasida muammolar yuzaga kelishi mumkin.

«Real»ning sobiq a'zosi «Milan» safiga 2025 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda u 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ