logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» himoya chizig'ida jiddiy muammolarga duch keldi: Leni Yoro ham safdan chiqdi

 17 APREL, 2026, 23:18

«Manchester Yunayted» Premer-liga doirasida «Chelsi»ga qarshi kechadigan safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jurnalist Semyuel Lakxerstning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, himoyachi Leni Yoro jarohat olgan va Londonga yo'l olmagan.

Yoroning jarohati Maykl Kerrikning bosh og'rig'ini yanada ko'paytirdi. Gap shundaki, Lisandro Martines va Garri Maguayr diskvalifikatsiya tufayli «Chelsi» bilan o'yinni o'tkazib yuborishadi. Matteys de Ligt esa lazaretda qolmoqda.

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi bahs shanba, 18 aprel kuni bo'lib o'tadi. «Stemford Bridj»dagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ayni damda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ