logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Dani Karvaxal o'rniga «Arsenal» himoyachisini nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda

 17 APREL, 2026, 23:06

Hammasi shunga qarab ketmoqdaki, shu yozda himoyachi Dani Karvaxal «Real»ni tark etadi va erkin agent maqomini oladi. Madrid klubi esa allaqachon himoyaning o'ng qanoti uchun kimni sotib olish haqida bosh qotirmoqda.

Mashhur jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Real» «Arsenal» a'zosi Yurren Timberning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu bilan birga, London klubi Timber bo'yicha faqat yirik takliflarni — taxminan 85-100 million evro atrofidagi summani ko'rib chiqishga tayyorligi qayd etilgan.

24 yoshli Yurren Timber 2023 yilning yozidan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri niderlandiyalik futbolchi 94 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ