logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanadi

 17 APREL, 2026, 22:54

Gretsiyalik mutaxassis Yorgos Donis 17 aprel kuni iste'foga chiqarilgan Erve Renarning o'rnini egallab, Saudiya Arabistoni terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Documento portali xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 56 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasining taklifiga allaqachon «ha» deb javob bergan. Endilikda faqat hujjatlarni imzolash va 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokni ham o'z ichiga oluvchi hamkorlikni rasman e'lon qilish qoldi.

Bundan avval Donis Saudiyaning «Al-Hilol» klubida ishlab, 3 ta sovrinni qo'lga kiritgan, Kiprning APOEL jamoasini mamlakat chempioni va Kubok sohibiga aylantirgan, shuningdek, qator boshqa klublarda faoliyat yuritgan edi. Oxirgi ikki yil davomida Donis Saudiyaning «Al-Xalij» klubini boshqarib kelmoqda. Jahon chempionatida arablar Ispaniya, Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ