logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Javohir Sindorov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi

 17 APREL, 2026, 17:24

Bugun, 17 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoev Javohir Sindorovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlashga doir farmonni imzoladi.

Shaxmatchini kutib olish marosimida farmonni bosh vazir Abdulla Aripov o'qib eshittirdi.

Ma'lumot uchun, 1995 yilda ta'sis etilgan ushbu orden bilan mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlar, shuningdek, davlat va jamiyat ishlarida faol bo'lgan tadbirkorlar va mutaxassislar taqdirlanadi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq karrasi miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qo'yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ