Kanada Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga viza bermadi
17 APREL, 2026, 16:30
The Guardian nashrining xabar berishicha, Falastin futbol assotsiatsiyasi vakillariga FIFA kongressida ishtirok etish uchun Kanadaga kirishga ruxsat berilmagan.
Assotsiatsiya prezidenti Jibril Rajub bilan birgalikda jami uch nafar mulozim Kanadaga kirish vizasini ololmagan. Shundan so'ng Falastin tomoni FIFAga murojaat qilib, immigratsiya idoralari bilan muzokaralarda aralashish va yordam berishni so'ragan.
FIFAning yillik kongressi 30 aprel kuni Vankuverda bo'lib o'tadi. Manbaga ko'ra, Falastin vakillari ushbu tadbirdan Isroil futbol klublarining G'arbiy sohildagi (Falastin assotsiatsiyasi tomonidan bosib olingan deb hisoblanuvchi hududlarda) rasmiy o'yinlardagi ishtiroki masalasini ko'tarish uchun ham foydalanmoqchi bo'lishgan.
