«Tottenxem» yulduz yarim himoyachisi bo'yicha qaror qabul qildi
17 APREL, 2026, 16:12
Londonning «Tottenxem» klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, uning xizmatlariga Premer-liganing bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. «Tottenxem» rahbariyati Gallaxerning sifatlari Lukas Bergvall va Pape Matar Sarrning imkoniyatlari bilan bir xil deb hisoblaydi, shu sababli uning ketishi jamoa uchun og'riqli bo'lmaydi.
«Tottenxem» Gallaxerni o'tgan qishda Madridning «Atletiko» klubidan 40 million evro evaziga sotib olgan edi. «Shporlar» tarkibida yarim himoyachi 12 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Gallaxerning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
