logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xarri Keyn dunyodagi eng yaxshi vinger kim ekanini aytdi

 17 APREL, 2026, 15:18

Myunxenning «Bavariya» jamoasi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn o'z jamoadoshi — Frantsiya terma jamoasi qanot hujumchisi Maykl Olisening darajasini yuqori baholadi.

«Menimcha, hozirgi paytda Maykl Olise dunyodagi eng yaxshi vinger», — dedi Xarri Keyn. Uning so'zlarini mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romano o'zining X sahifasida keltirgan.

Ta'kidlash joiz, yaqinda Goal.com portali 2026 yilgi «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlar reytingini yangiladi. Unda Xarri Keyn birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Maykl Olise ikkinchi pog'onadan joy oldi.

Joriy mavsumda Xarri Keyn «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Maykl Olise esa 43 ta o'yinda 18 ta gol va 29 ta assist qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ