«Brayton» himoyachisi evrokuboklarda o'ynashni istaydi
17 APREL, 2026, 14:06
«Brayton» rahbariyati shu mavsum davomida bir necha bor Yan-Paul van Xekkeni yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma imzolashga ko'ndirishga urindi. Bu haqda Voetbal International nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi «chaykalar» tomonidan berilgan barcha takliflarni rad etgan. 25 yoshli niderlandiyalik himoyachi Premer-liganing top-klubida o'ynash va evrokuboklarda ishtirok etishni orzu qilmoqda. U o'z faoliyatida keyingi qadamni tashlashga qat'iy qaror qilgan.
Van Xekke 2020 yildan beri «Brayton» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va o'z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Himoyachining «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 35 million evroga baholashmoqda.
