logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» xo'jayini: «Yarim yil oldin hamma baxtli edi, endi esa tanqidlar yog'ilmoqda»

 17 APREL, 2026, 12:06

Londonning «Chelsi» klubi hammuallifi Bexdad Egbali jamoa muxlislariga murojaat qilib, «aristokratlar»ni qiyin damlarda qo'llab-quvvatlashni so'radi.

Uning so'zlariga ko'ra, bundan atigi yarim yil avval jamoaning ishlari yurishib turgan paytda hamma xursand edi, hozirda esa futbolchilar keskin tanqidlar ostida qolishmoqda.

«Biz klub muvaffaqiyatga erishishini istaymiz. Bor e'tiborimizni maydonda yaxshi natijalar ko'rsatishga qaratganmiz. Hozirda vaziyatni o'nglash uchun nimalar qilish mumkinligini har tomonlama tahlil qilmoqdamiz», — deya Egbalining so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

32-turdan so'ng «Chelsi» 48 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, 2025 yilning yozida jamoa yangi formatda o'tkazilgan ilk klublar o'rtasidagi jahon chempionatida sensatsion tarzda g'olib chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ